Qisqa kurslar maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan qisqa muddatli ta’lim dasturlaridir. Bu kurslar talabalar va mutaxassislar uchun yangi bilim va ko‘nikmalarni tezda olish imkonini beradi. Qisqa kurslarning afzalliklari:
- Qisqa muddatli ta’lim: Kurslar qisqa muddatli bo‘lib, tezda kerakli bilim va ko‘nikmalarni olish imkonini beradi.
- Maxsus maqsadlar: Kurslar muayyan sohalar va mavzular bo‘yicha chuqur bilim berishga yo‘naltirilgan.
- Karyera imkoniyatlari: Talabalar va mutaxassislar qisqa kurslar orqali o‘z malakalarini oshirib, karyera imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin.
Texnikumda qisqa kurslarda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha talabalar o’qitiladi:
Mutaxassislik (kаsb) nomi va muddati:
* Betonchi (Temir beton ishlari) – 3,5 oy;
* G`sht teruvchi (G`isht terish ishlari) – 3,5 oy;
* Elektrogazpayvandchi (Elektrogaz payvandlash ishlari) – 4 oy;
* Duradgor (Duradgorlik va pol yotqizish ishlari) – 3,5 oy;
* Bo`yoqchi-bezakchi (Qurilish pardozlash ishlari) – 3,5 oy;
* Santexnika ishlari ustasi – 3,5 oy*
* Eltktromontajchi – 3,5 oy;
* Syropolchi (Kran mashinisti yordamchisi) – 3,5 oy;
* Gipsokarton montajchisi – 3,5 oy;
* Qoplovchi plitkachi (Kafel terish ishlari) – 3 oy;
* Kran mashinisti (Kranchi) – 4,5 oy;
O`quv markazini tugatganlarga:
1. World Skills standarti talablari bo`yicha amaliy ishlash kompitensiyasi;
2. Respublikamiz va xorijdagi qurilish pudrat tashkilotlariga ishlash huquqini beruvchi maxsus sertifikat..
O`quv markaziga o`qishga qabul qilingan tinglovchilar stipendiya, 3 mahal issiq ovqat, yotoqxona bilan ta`minlanadilar.



Fikr bildirish