
“O’zbekistonda kasb yulduzlari”ni yaratish XALQARO MASTER-KLASS ochilish marosimi boshlandi.
Ayni vaqtda Koreyalik ekspertlar ishtirokida Buxoro shahrdagi Ishga marhamat monomarkazida “O’zbekistonda kasb yulduzlari”ni yaratish XALQARO MASTER-KLASS ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur Master klassga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi Professional ta’lim muassasalarda va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida kasb-hunarga o’qitish markazlari (Monomarkazlar, KOICA) ishlab chiqarish ta’lim ustalari, ekspertlar taklif etildi.

Worldskills Korea Xalqaro Eksperti tomonidan Master-Klass amaliy dars jarayoni.



Ayni vaqtda Janubiy Koreyalik xalqaro ekspert Kim Suhyeon ishtirokida Buxoro arxitektura va qurilish texnikumida “O’zbekistonda kasb yulduzlari”ni yaratish XALQARO MASTER-KLASS o‘quvlari davom etmoqda.
✅ 2024 yil, 14–noyabr kuni, texnikumning o’quv va amaliyot ustaxonasida, “Worldskills Korea” Xalqaro Eksperti Kim Suhyeon tomonidan amaliy Master-Klass darslari o’tkazilmoqda. O’quv-seminarda Respublika ta’lim muassasalaridan pedagog kadrlar ishtirok etmoqda. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A.Qo’ldoshev ham ishtirok etib, jarayon bilan yaqindan tanishdi.
✅ Kunning ikkinchi yarmida, o’quv-seminar ishtirokchilari tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida texnikum hududida yuz ta mevali daraxt ko’chatlari o’tkazildi.

Thank you Kim Suhyeon 🙏


Fikr bildirish