Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganildi.Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish va jarayonni tizimli tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda 2025-yil 12-sentabr kuni 351-sonli buyruq asosida vazirlik bosh mutaxassisi Sh.Qudratov Transport va qurilish texnologiyalari texnikumida  xizmat safarida bo‘ldi.Tashrif davomida texnikumning o‘quv binolari, yordamchi inshootlari hamda talabalar turar joylarining texnik tayyorgarlik holati o‘rganildi. Mavjud muammolarni joyida bartaraf etish va zarur metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.Isitish tizimlari, elektr energiyasi ta’minoti, issiqlik izolyatsiyasi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. O’quvchilar turar joylarida xavfsizlik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi hamda qulay yashash sharoitlari alohida e’tiborga olindi.


Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan