Buxoro transport va qurilish texnologiyalar  texnikumida Joriy yilning 21-noyabr sanasida har juma kuni nishonlanadigan “Milliy liboslar kuni”ni bu safar yanada mazmunli tarzda o‘tkazdilar. Ular qadimiy Buxoroning eski shahar va ARK qismiga ekskursiya uyushtirib, milliy liboslarda sayr qildilar.

Talabalar nafaqat tarixiy obidalar bilan tanishdilar, balki milliy kiyimlarimizning betakror jozibasini xorijiy sayyohlarga namoyish etib, ular bilan qiziqarli suhbatlar ham olib bordilar. Bu jarayon yoshlarda o‘zini haqiqiy milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi sifatida his qilish imkonini berdi.


Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan