Imtihonlarsiz davlat oliy ta’lim muassasalariga 2-kursdan boshlab o’qishni istaysizmi?

Test sinovlarida ishtirok etib olgan ballingiz bilan Buxoro arxitektura va qurilish texnikumida davlat granti asosida o’qishingizni davom ettirish imkoniyatiga egasiz.

Bu qanday bo‘lishi mumkin deysizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qaroriga (https://lex.uz/docs/-5818575) asosan texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo’ladilar.

Bu videoni oxirigicha ko’ring. Siz uchun foydali bo’lishi mumkin. O’qishga taklif qilamiz.

Texnikumda kunduzgi, sirtqi, hamda dual ta’lim shakllarida 100 % davlat granti asosida 7 ta yo’nalishda qabul davom etmoqda.

Texnikumda o’qish davomida siz professional kasb egasi bo’lish bilan bir qatorda o’rta maxsus diplomiga ham ega bo’lasiz.

O’z kasbini mukammal biladigan oliy ma’lumotli professional kadr bo’lish imkoniyatini qo’ldan boy bermang.

Kelajagingizga beafrq bolmasangiz, qurilish sohasida talim oling!


Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan