Qisqa kurslar maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan qisqa muddatli ta’lim dasturlaridir. Bu kurslar talabalar va mutaxassislar uchun yangi bilim va ko‘nikmalarni tezda olish imkonini beradi. Qisqa kurslarning afzalliklari:

  • Qisqa muddatli ta’lim: Kurslar qisqa muddatli bo‘lib, tezda kerakli bilim va ko‘nikmalarni olish imkonini beradi.
  • Maxsus maqsadlar: Kurslar muayyan sohalar va mavzular bo‘yicha chuqur bilim berishga yo‘naltirilgan.
  • Karyera imkoniyatlari: Talabalar va mutaxassislar qisqa kurslar orqali o‘z malakalarini oshirib, karyera imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin.

Texnikumda qisqa kurslarda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha talabalar o’qitiladi:

Mutaxassislik (kаsb) nomi va muddati:

*  Betonchi (Temir beton ishlari) – 3,5 oy;

*  G`sht teruvchi (G`isht terish ishlari) – 3,5 oy;

*  Elektrogazpayvandchi (Elektrogaz payvandlash ishlari) – 4 oy;   

*  Duradgor (Duradgorlik va pol yotqizish ishlari) – 3,5 oy;

*  Bo`yoqchi-bezakchi (Qurilish pardozlash ishlari) – 3,5 oy;

*  Santexnika ishlari ustasi – 3,5 oy*

*  Eltktromontajchi – 3,5 oy;

*  Syropolchi (Kran mashinisti yordamchisi) – 3,5 oy;

*  Gipsokarton montajchisi – 3,5 oy;

*  Qoplovchi plitkachi (Kafel terish ishlari) – 3 oy;

*  Kran mashinisti (Kranchi) – 4,5 oy;

O`quv markazini tugatganlarga:

1. World Skills standarti talablari bo`yicha amaliy ishlash kompitensiyasi;

2. Respublikamiz va xorijdagi qurilish pudrat tashkilotlariga ishlash huquqini beruvchi maxsus  sertifikat..

O`quv markaziga o`qishga qabul qilingan tinglovchilar stipendiya, 3 mahal issiq ovqat, yotoqxona bilan ta`minlanadilar.


Comments

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan