Tadbirni texnikum direktori A.R.Atakulov ochib, oʼquvchilarni Mustaqillik bayrami hamda yangi oʼquv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi va yoshlarga bilim olishda ulkan yutuqlar tiladi. Shuningdek, Buxoro viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʼi A.Naimov ham soʼzga chiqib, yigʼilganlarni bayram bilan muborakbod etdi.
U tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida toʼxtalib oʼtdi.
Mehmon sifatida tadbirda ishtirok etgan Yuksalish harakati Buxoro viloyati boʼlimi boshligʼi, viloyat kengashi deputati H.Bobojonov yoshlarga murojaat qilib, Vatan, xalq va millatga sadoqat bilan xizmat qilish eng sharafli burch ekanini taʼkidladi hamda ularga muvaffaqiyatlar tiladi.






Fikr bildirish