Biz korrupsiyaga qarshimiz

Buxoro transport va qurilish texnologiyalar  texnikumida  o’qituvchi va o’quvchilar orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida “Stop korrupsiya” challenji o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida halollik, poklik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Challenj qatnashchilari korrupsiyaga qarshi chiqishlarini ifodalovchi shiorlar,  videoroliklar orqali o‘z pozitsiyalarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar tomonidan  halol mehnat va adolatli jamiyat barpo etish har bir fuqaroning burchi ekanini ta’kidlandi.