Muallif: Matbuot Xizmati
-
Buxoro transport va qurilish texnologiyalar texnikumida Joriy yilning 21-noyabr sanasida har juma kuni nishonlanadigan “Milliy liboslar kuni”ni bu safar yanada mazmunli tarzda o‘tkazdilar. Ular qadimiy Buxoroning eski shahar va ARK qismiga ekskursiya uyushtirib, milliy liboslarda sayr qildilar.
Talabalar nafaqat tarixiy obidalar bilan tanishdilar, balki milliy kiyimlarimizning betakror jozibasini xorijiy sayyohlarga namoyish etib, ular bilan qiziqarli suhbatlar ham olib bordilar. Bu jarayon yoshlarda o‘zini haqiqiy milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi sifatida his qilish imkonini berdi.
-
Buxoro transport va qurilish texnologiyalar texnikumida «2025-yil 20-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi I. Haydarov ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni mazmuni, maqsadi va asosiy qoidalari, korrupsiyaning turlari, oqibatlari hamda adolatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, manfaatlar to‘qnashuvi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari bo‘yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
-
Biz korrupsiyaga qarshimiz
Buxoro transport va qurilish texnologiyalar texnikumida o’qituvchi va o’quvchilar orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida “Stop korrupsiya” challenji o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida halollik, poklik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Challenj qatnashchilari korrupsiyaga qarshi chiqishlarini ifodalovchi shiorlar, videoroliklar orqali o‘z pozitsiyalarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar tomonidan halol mehnat va…

