Bo’lim: Yangiliklar
-
“Kelajak soati”
Buxoro transport va qurilish texnalogiyalari texnikumida 2025 yil 13 oktabrda “Kelajak soati” ma’rifat darsi doirasida “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy soati o‘tkazildi. Dars mavzusi “Boqiy shaharlarimiz” . Kelajak soatida o‘quvchilarga O‘zbekiston hududidagi qadimiy shaharlar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent kabi markazlarning tarixi, madaniyati, ilmiy muhiti, Vatanimizning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni, buyuk ajdodlarimizning merosi haqida ma’lumot berildi.…
-
Buxoro transport va qurilish texnologiyalar texnikumida «Yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliknining oldini olish» mavzusida Voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspektor psixologi leytenant A.Raxmatullayev tomonidan proflaktik tadbir o`tkazildi.
Tadbirda so’zga chiqqan ma’ruzachilar aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklar, giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog’liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, bu sohada bugungi kunda viloyat aholisi, ayniqsa yoshlar orasida sodir etilayotgan turli huquqbuzarliklar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar hamda odobdan saboqlar bo’yicha gapirib o’tishdi.
-
Buxoro transport va qurilish texnologiyalar texnikumida Ichimlik suvidan oqilona foydalanaylik Suv madaniyati mavzusida ma`naviyat soati o`tkazildi. O‘quvchi yoshlar o’ngida suv iste‘moli madaniyatini yanada rivojlantirish, ichimlik suvini asrash, unga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lish va suvdan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ochiq dars va rasmlar tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.
(https://t.me/buxorotransportqurilishtexnikum)
-
Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi jamoasi — WorldSkills Samarkand 2025 chempioni
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “WorldSkills Samarkand 2025” kasblar chempionatida Buxoro transport va qurilish texnologiyalari texnikumi jamoasi yuksak natijalarga erishdi. Mazkur nufuzli tanlovda “Quruq qurilish va suvoq ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha texnikum jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, o‘z mahorati va professional salohiyatini amalda namoyish etdi.

