Texnikum yangiliklari
-
Buxoro transport va qurilish texnologiyalar texnikumida Joriy yilning 21-noyabr sanasida har juma kuni nishonlanadigan “Milliy liboslar kuni”ni bu safar yanada mazmunli tarzda o‘tkazdilar. Ular qadimiy Buxoroning eski shahar va ARK qismiga ekskursiya uyushtirib, milliy liboslarda sayr qildilar.
Talabalar nafaqat tarixiy obidalar bilan tanishdilar, balki milliy kiyimlarimizning betakror jozibasini xorijiy sayyohlarga namoyish etib, ular bilan qiziqarli suhbatlar ham olib bordilar. Bu jarayon yoshlarda o‘zini haqiqiy milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi sifatida his qilish imkonini berdi.
Eng yaxshi inshootlar uchun eng yaxshi bilimlar
Eng yaxshi bilimlar nafaqat an’anaviy bilimlarni, balki ijodiy yondashuv va yangiliklarni ham o’z ichiga oladi. Buxoro arxitektura va qurilish texnikumi talabalariga ijodiy va innovatsion fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.


