Texnikum yangiliklari
-
Buxoro transport va qurilish texnologiyalar texnikumida «2025-yil 20-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi I. Haydarov ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni mazmuni, maqsadi va asosiy qoidalari, korrupsiyaning turlari, oqibatlari hamda adolatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, manfaatlar to‘qnashuvi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari bo‘yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Eng yaxshi inshootlar uchun eng yaxshi bilimlar
Eng yaxshi bilimlar nafaqat an’anaviy bilimlarni, balki ijodiy yondashuv va yangiliklarni ham o’z ichiga oladi. Buxoro arxitektura va qurilish texnikumi talabalariga ijodiy va innovatsion fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.


